Sizni go'zal va qiziqarli marshrut bo'ylab 3227 metr balandlikdagi cho’qqiga chiqishni taklif qilamiz. Cho‘qqi tomon yo‘l Olatanga daryosi bo‘ylab kechadi. 1500 metr balandlikdan boshlanadigan so‘qmoqni qulay deb bo‘lmaydi. Sel oqizib kelgan toshlar orasidan yurish, daryodan bir necha marta sakrab o‘tish kerak bo‘ladi. Shuningdek o‘rmon oralab o‘tgan so‘qmoqda atrofdagi archazorlarga tikilgancha ko‘zingiz yayrab ketaverasiz. Bu hududda nafas olish oson, kislorod mo‘l. Bir tepalikni oshsangiz, boshqasi chiqadi, so‘ng keyingisi... 2500 metr balandlikda esa daraxtlar tugaydi. Revash cho‘qqisiga ko‘tarilgach, atrofni tomosha qilasiz. Chotqol va Qurama tizmasining baland tog‘lari xuddi marjonga terilgandek ko‘rinadi. Cho‘qqidan Muzbel, Olatanga, Kaltabarak, Revash, Qorabuzuqsoy daryolari boshlanadi.
• Yurish masofasi: umumiy 28 km.
• Ko’tarilish balandligi: 1700 metr.
• Qiyinlik darajasi: yuqori.
• Marshrut turi: radial (asosan bitta yo’nalishdan borib qaytiladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 06:00.
• Qaytish vaqti: 22:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 490 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️