Забронировать тур
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Главная/Biz haqimizda

Biz haqimizda

Trekking.uz 2022-yil sentyabr oyida o'sha vaqtda O'zbekiston Milliy universitetining geografiya yo'nalishi 4-bosqich talabasi hisoblangan Mamarayimov Ulug'bek Vahobjon o'g'li tomonidan asos solingan. Dastlab kompaniya sayyohlar bilan emas "Turistik markazlarni loyihalash" ishi doirasida ilmiy yo'nalish asosida faolyat boshlagan. Zomin tumanidagi "Suffa turistik-rekreatsion zonasi", Oltinbel dovonidagi "Kumushkon Resort" kompaniya qatnashgan mashhur loyihalardan biridir. Shunday qilib kompaniyaning 6 oy davomidagi faol ilmiy loyihalash ishlari yakunlanib u 90 ga yaqin marshrutlar asosida to'liq hiking-trekking yo'nalishida sayyohlar bilan ishlashga o'tdi va 2023-yil 5-mart oyning birinchi yakshanbasida sayyohlardan iborat guruh bilan Qurama tizmasi bo'ylab ilk trekking mashg'ulotini o'tkazdi. Hozirgi kunga qadar kompaniya xizmatidan 12 000 yaqin sayyohlar foydalangan bo'lib ularning 80 % xizmatdan qayta foydalanuvchi doimiy sayyohlardir. Kompaniyada sayyohlar olib boriladigan manzillar soni hozirgi kungacha 200 taga yaqinlashgan, bu manzillar O'zbekiston hududida Boysundan tortib olis Piskom vodiysigacha va qo'shni davlatlarimizdan Qirg'iziston Shimoliy Pomiridan Qozog'istonning Tyan-Shanigacha cho'zilgan, ayni damda sayyohlar olib chiqilgan eng baland nuqta bu dengiz sathidan 5130 metr balandlikda joylashgan Qirg'izistonning Yuxin cho'qqisidir. Trekking.uz faolyatida tajribali yo'lboshchilar va kompaniya uchun xizmatini ayamagan insonlar o'rni beqiyosdir, bular Yusupov Kamronbek, Arazklichev Serdar, Alamov Umid, Zoyitov Nurali, Ergashev Xojig'ulom va Norbutayev Muhriddinlardir. Ayni damda kompaniyaga yuridik jihatdan "VACNUS MCHJ" egalik qiladi va bu bu yuridik asosni ishlab chiqishda va kompaniya uchun har qanday yordamni ayamagan "Lawtax Group" ning Trekking.uz tarixida o'rni beqiyosdir!

Aloqa ma'lumotlari
Manzil
O'zbekiston, Toshkent
So'rov qoldiring
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена