Забронировать тур
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена

photo_2024-03-15_08-13-23

Biz Qurama tizmasining shimoliy yonbag'rida joylashgan ajoyib va katta sharsharaga tashrif buyuramiz. Ushbu tur faol trekdan iborat bo'lib, qalin o'rmonlar, tog' tepasidan ko'chib tushgan qor uyumlari va bir qancha ostona va sharsharalardan iborat. Jazirama kunlarda o’rmonlar oralab so’qmoq yo’l orqali sharshara tomon yurish va ayrim joylarda suv bo’ylab kechuvlar juda maroqli. Ayni kunlarda sharsharadan to'liq quvvatda suv tushmoqda, chunki havo harorati ko'tarilgan va buning natijasida qor va muzliklar faol erimoqda. Siz u yerda tabiiy muzlatgichlarni ham uchratishingiz mumkin, ayni kunlardagi issiq haroratda qor ko'chkilaridan hosil bo'lgan muz go'rlari +2°C ga teng haroratni taqdim qilmoqda, bu tog'lardagi tabiiy muzlatgichdir, shunchaki ajoyib.

Yurish masofasi: umumiy 11 km.

Ko’tarilish balandligi: 480 metr.

Qiyinlik darajasi: o'rtacha.

Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).

Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.

Jo'nash vaqti: 07:00.

Qaytish vaqti: 20:00 gacha.

 

Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️

⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!

💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, ruxsatnoma, xavfsizlik).

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist) ga murojaat qiling.

Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️

Aloqa ma'lumotlari
Manzil
O'zbekiston, Toshkent
So'rov qoldiring
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена