Забронировать тур
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Главная/Bizning turlarimiz/390 000 so’mlik manzillar/Qo’ng’irbuqa cho’qqisi. (1981 metr).

photo_2024-03-14_12-16-37

Ushbu trekking Chotqol tizmasi kengliklari bo’ylab amalga oshiriladi. Qo’ng’irbuqa o‘zining katta panoramali maydoni bilan mashhur bo‘lib, ayniqsa bahor va qishda o‘ziga xos va sirli muhit yaratadi. 1981 metr balandlikdagi cho’qqidan turib Ugom, Qorjontov, Piskom, Ko’ksuv va Chotqol tog’ tizmalarini, Katta Chimyon, Obiqashqa, Padar, Mingbuloq, Mayg’ashqon, Surenota cho’qqilarini va bepoyon o’rmonlar hamma Chorvoq suv omborini ko’rishingiz mumkin. Cho’qqi past bo’lishiga qaramay u 2500 metr balandlikdagi cho’qqilar kabi mashaqqatli, chunki balandlikka ko’tarilish farqi 1200 metrdan oshadi.

Yurish masofasi: umumiy 10 km.

Ko’tarilish balandligi: 1200 metr.

Qiyinlik darajasi: yuqori.

Marshrut turi: chiziqli (yurgan yo’lingizdan orqaga qaytmaysiz, umuman teskari bo’lgan boshqa hududdan chiqib borasiz).

Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.

Jo'nash vaqti: 06:00.

Qaytish vaqti: 20:00 gacha.

 

Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️ 

⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!

💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.

Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️

Aloqa ma'lumotlari
Manzil
O'zbekiston, Toshkent
So'rov qoldiring
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена