Qizilsuv sharsharasi bu Toshkentdan bir soatlik mashinada Bo‘stonliq tumanida joylashgan juda go‘zal tabiat go‘shasidir. Qizilsuv tog'lari va uning atrofidagi hududlar ko'p sonli sharsharalari, sharqiroq suvlari va aralash o’rmonlari bilan mashhur. Qizilsuv Mingbuloq togʻlaridan boshlanib, Qorjontov tizmasining eng uzun va eng sersuv soylaridan biri hisoblanadi. Marshrutimiz Sokol dam olish maskanidan boshlanadi. Trek davomida soy bo'ylab sayr qilamiz, daryoning ikki qirg'og'idagi qiziqarli qoyalar va toshlarni tomosha qilamiz. Yozgi cho’milish kiyimlarini olish esingizdan chiqmasin u yerda qiziqarli suzishlar bo’ladi.
Sur'atlar muallifi: Marat Nadjibaev
• Yurish masofasi: umumiy 8 km.
• Ko’tarilish balandligi: 300 metr.
• Qiyinlik darajasi: oson.
• Marshrut turi: radial (asosan bitta yo’nalishdan borib qaytiladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 18:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️