Biz tog' sayohatimizni Galvasoy daryosining chap qirg'og'idagi yonbag'ir bo'ylab Qizilqo'rg'on tog'iga chiqishdan boshlaymiz. Yo'lda atrofdagi baland tog'larning ko'rinishlari ochiladi. Qizilqo‘rg‘on tog‘ining 1569 metr balandlikdagi cho‘qqisiga ko‘tarilib, G‘arbiy Tyan-Shan, Mingtuxum, Katta Chimyon, Qumbel va Mayg‘ashqon kabi hududlarning hayratlanarli manzarasini ko’ramiz. Tepaga ko'tarilgandan so'ng biz suvayirg’ich bo’ylab yuramiz. Yo'l davomida siz atrofdagi tog'larning go'zal manzaralarini, yovvoyi tog’ o’rmonlarini, ulkan jarliklarni va qorli hududlar qorsiz yon bag'irlari bilan almashinishini ko’ramiz – yani bu qor chizig’i chegarasi.
Sur'atlar muallifi: Marat Nadjibaev
• Yurish masofasi: umumiy 10 km.
• Ko’tarilish balandligi: 130 metr.
• Qiyinlik darajasi: oson.
• Marshrut turi: chiziqli (yurgan yo’lingizdan orqaga qaytmaysiz, umuman teskari bo’lgan boshqa hududdan chiqib borasiz).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 18:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️