Chotqol tizmasining eng baland nuqtalaridan bir bu dengiz sathidan 3267 metr balandlikda joylashgan Qizilnura cho’qqisidir. Ushbu tog’ hattoki Toshkent shahridan ham ko’rinib turadi. Hududga bahor endi kirib kelgan va tog’ yonbag’irlarida hali ham qor va muzliklar mavjud. Ushbu cho’qqidan turib siz butun Toshkent viloyatini yuqoridan tomosha qilishingiz mumkin va hattoki qo’shni davlatlarni ham. Cho’qqiga borish uchun ruxsatnoma talab etiladi. Ushbu hududga eng yaqin yo’ldan borish ham kamida 40 kilometr masofa yurishni talab etadi. Qizilnura bu shunchaki zabt etiladigan cho’qqi emas u tog’da yurish bo’yicha ko’plab professionallarni ham sinovdan o’tkazadi. Shu tufayli biz Qizilnura bo’yicha murojaat qiladigan sayyohlarning deyarli juda katta qismiga rad javobini berishimiz mumkin. Bu ularning yo’lda qiynalib qolmasligi va xavfsizligi bilan aloqodor. Qizilnuraga boradigan so’qmoq yo’llardan yurish shunchaki osondek ko’rinishi mumkin, ammo bu aldamchi. Sizga cho’qqining yaqinligi shunchaki sarobdek ko’rinadi, ammo unga yetish juda qiyin. Toshkentda +42 gradus jazirama kuzatilayotgan bir vaqtda Qizilnura maydonida salqin ob-xavo hukm surishi mumkin, hattoki tananing ochiq qolgan qismlari sovuqotishga ham erishadi. Qizilnura cho’qqisining balandligi Katta Chimyon cho’qqisidan 42 metr past bo’lishiga qaramay qiyinlik darajasiga ko’ra u Katta Chimyonni ham ancha ortda qoldiradi. Bu xuddi Everest va Chogori (K2) cho’qqilaridek.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️