Chotqol tizmasining ulkan tog'lari orasida yashiringan ushbu vodiy yozning jazirama kunlarida ayni muddao. Vodiy bo'ylab yurish davomida soy bo’ylab bir qancha kechuvlar mavjud, issiq kunlarda suvdan kechib o'tish maroqli va uning ovozini aytmasa ham bo'ladi. Hududga tashrif buyuruvchilarning kamligi tufayli bu joylar oʻzining asl goʻzalligini saqlab qolgan. Sharsharalar yonida 1-2 soat vaqt davomida dam olish uchun qolinadi, shu vaqtda siz bemalol suvga cho’milishingiz mumkin, suzish kiyimlaringizni olish sedan chiqmasa bo’lgani.
Sur'atlar muallifi: Marat Nadjibaev, Arthur Ustababaev
• Yurish masofasi: umumiy 8 km.
• Ko’tarilish balandligi: 300 metr.
• Qiyinlik darajasi: oson.
• Marshrut turi: radial (asosan bitta yo’nalishdan borib qaytiladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 08:00.
• Qaytish vaqti: 18:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️