Забронировать тур
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Главная/Bizning turlarimiz/390 000 so’mlik manzillar/Lashkarak o’rmonlari. Qurama tizmasi

photo_2024-03-15_09-59-32

Ushbu trek Quramaning eng ajoyib vodiylaridan bir bo’ylab amalga oshiriladi. Lashkarak o‘zining qalin archa daraxtlari bilan mashhur bo‘lib, ayniqsa bu bahor va qishda o‘ziga xos va sirli muhit yaratadi. Ignabargli daraxtlarning bosh aylantiruvchi xushbo'y hidlari sizning esingizda qoladi va siz bu yerga yana qaytib kelishni xohlaysiz. Biz Qurama cho'qqilari ko'rinishini taqdim etadigan kuzatuv maydonchasigacha ko’tarilamiz, keyin Lashkarak sharsharasiga tushamiz. Vodiydagi o’rmonlar o’zining bahorgi va qishki holatida ko’pincha Kanada va Hindiston shimolidagi Kashmir o’rmonlarni eslatib yuboradi. Marshrut aylanma yo’nalishga ega, yani siz borgan yo’lingizdan orqaga qaytmaysiz.

Yurish masofasi: umumiy 12 km.

Ko’tarilish balandligi: 380 metr.

Qiyinlik darajasi: o'rtacha.

Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).

Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.

Jo'nash vaqti: 07:00.

Qaytish vaqti: 20:00 gacha.

 

Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️ 

⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!

💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.

Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️

Aloqa ma'lumotlari
Manzil
O'zbekiston, Toshkent
So'rov qoldiring
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена