Trekking uchun eng yaxshi manzillardan biri bu Ko’ksuv daryosi vodiysi. Biz kelayotgan dam olish kuni 1 kun ichida umumiy 36 kilometr masofa bosib Ko’ksuv yorig’iga tashrif buyuramiz. Ushbu yoriq ba’zida bo’shliq deb ham yuritiladi, ushbu manzildan Ko’ksuv daryosining suvlari kuchli bosim ostida tor daradan siqilib chiqadi. 36 kilometrlik trek davomida biz Piskom va Ko’ksuv tizmalarining ulug’vor tog’lari ostidan daryo vodiysi bo’ylab harakatlanamiz va shiningdek yo’l davomida bir vaqtlar mavjud bo’lgan Zambatko’l o’rnidan ham o’tamiz.
Yurish masofasi: umumiy 36 km.
Ko’tarilish balandligi: 700 metr.
Qiyinlik darajasi: yuqori (sport holatidagi va doimiy yurib turadigan kishilar uchun).
Marshrut turi: radial (asosan bitta yo’nalishdan borib qaytiladi).
Jo’nash nuqtasi: Amir Temur metro.
Jo'nash vaqti: 05:30.
Qaytish vaqti: 21:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 490 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.