Забронировать тур
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена

photo_2024-03-14_22-57-21

Ushbu yo’nalish faol treklarni xush ko’ruvchilar uchun. Sayohat davomida Piskom tog’lari bo’ylab harakat qilinadi. Yong’oqzorlardan iborat o’rmonlardan tortib soydagi ostonalarga, bularning barchasi Ispay sharsharasi yo’lida mavjud. Sharsharaga olib boruvchi yo‘lning asosiy qismi o‘rmon va soy yoqalab o‘tadi. So‘qmoqning bu qismi judayam bahavo, salqin, ko‘m-ko‘k. Shaharning 45 darajali issig‘idan keyin bu yerdagi 25 darajali harorat ayni muddao. Alohida suv olvolish shart emas. Soyda oqayotgan suv judayam tiniq, ichishga yaroqli. Ispay sharsharasi dengiz sathidan 1700 metr balandlikda, Ispay qishlog‘idan 9 km uzoqda, Ispaysoy daryosida joylashgan. Balandligi pastki kaskadlari bilan 10 metrga boradi. Sharshara kengligi hamda soydagi oqimning tezligi tufayli unga tushib cho‘milish tavsiya etilmaydi. Sharsharadan yana taxminan 700 metr uzoqlikdan soy boshlanadi. Sekundiga 3 m³ suv sarfiga ega ushbu soy 3000 metrdan baland tog‘lardagi qor va muzlarning erishi hisobiga yuzaga keladi va 3 kilometrlik tog‘ ostidan sizib, shu yerda toshlar orasidan otilib chiqadi. Ko‘z oldingizda birdaniga katta soy paydo bo‘lib qoladi. Ajoyib manzara.

 

Sur'atlar muallifi: Marat Nadjibaev

Yurish masofasi: umumiy 17 km.

Ko’tarilish balandligi: 670 metr.

Qiyinlik darajasi: o'rtachadan yuqori.

Marshrut turi: radial (asosan bitta yo’nalishdan borib qaytiladi).

Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.

Jo'nash vaqti: 06:00.

Qaytish vaqti: 20:00 gacha.

 

Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️

⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!

💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, ruxsatnoma, xavfsizlik).

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist) ga murojaat qiling.

Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️

Aloqa ma'lumotlari
Manzil
O'zbekiston, Toshkent
So'rov qoldiring
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена