Ushbu trekking Bo’ritog’ cho'qqisi tomon (1295 metr) qir-adirlar va aralash o’rmonlar bilan qoplangan ajoyib yo'llar bo'ylab amalga oshiriladi. Ko'tarilish kuni yurish uchun qulay ob-havo bo'lishi prognoz qilinmoqda. Siz yo’l davomida atrofdagi baland cho'qqilarni ko’rasiz va tog'lardan energiya olish imkoniga ega bo’lasiz. Shuningdek yurish davomida o’rmonlarning katta maydoni va bepoyon adirliklarni kesib o’tishingiz mumkin.
• Yurish masofasi: umumiy 14 km.
• Ko’tarilish balandligi: 500 metr.
• Qiyinlik darajasi: o’rtacha.
• Marshrut turi: chiziqli (yurgan yo’lingizdan orqaga qaytmaysiz, umuman teskari bo’lgan boshqa hududdan chiqib borasiz).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 18:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️