Qurama tizmasining ko'pchilikka ma'lum bo'lmagan bir-biridan ajoyib vodiylari mavjud. Siz ushbu vodiylar bo'ylab yurar ekansiz Shveytsariya Alp tog'lariga bo'lgan qiziqishingiz so'nishi aniq. Ushbu trekda qalin tog' o'rmonlaridan tortib karyer maydonlarigacha mavjud, sizni ushbu sayr davomida butun vodiy bo'ylab soylarda oqayotgan suvlar ovozi qamrab oladi. Ushbu manzil Tojikiston bilan chegara zonasida joylashganligi sababli hududga tashrif buyuruvchilar kam va tabiat o’zining asl holatini saqlab qolgan. Vodiyning yana o’ziga xos xususyatlaridan biri bu u yerda o’rmonlarning ikki xil turini uchratishingiz mumkin, bu archadan iborat qalin o’rmonlar va inson tomonidan juda katta maydonda yaratilgan mevali daraxtlardan iborat o’rmonlardir.
• Yurish masofasi: umumiy 14 km.
• Ko’tarilish balandligi: 400 metr.
• Qiyinlik darajasi: o'rtacha.
• Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 20:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, ruxsatnoma, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist) ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️