Yoz jaziramasini his etmaydigan Zomin tog‘lari. Bu yerdagi tog‘ o‘rmonlari shifobaxsh archazorlar bilan qoplangan. Tog‘ hududida ko‘plab dorivor o‘simliklar o‘sadi. Eng hayratlanarlisi, bu dov-daraxtlar jazirama issiqni ko‘rishmaydi hisob. Bahoriy durkunlikni yoz bo‘yi saqlab turishadi va avgust oylarida kuz fasliga kirishadi. Zomin tog‘lariga «O‘zbekiston Shveytsariyasi» deya ta’rif beriladi. Bu bejiz emas albatta. Dengiz sathidan 2500 metr balandlik, qalin archazorga burkangan tog‘lardan tushayotgan muzdek zilol suv va shifobaxsh buloqlarning o‘zi jonga orom beradi. Ajoyib landshaftlar va toza tog‘ havosi, flora va faunaning xilma-xilligi - bularning barchasi Zomin tog'larida. Zomin davlat qo‘riqxonasidagi “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvon va qushlar, o‘simliklarni o‘zida mujassam qilgan bioxilma-xillik, toza havo, ziloldek buloq va Sangzor daryosiga borib qo‘shiladigan, baland tog‘ qorlaridan erib kelayotgan muzdek irmoq suvi, har qanday inson kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.
• Yurish masofasi: umumiy 17 km.
• Ko’tarilish balandligi: 430 metr.
• Qiyinlik darajasi: o’rtacha.
• Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 05:00.
• Qaytish vaqti: 22:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 490 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️