Ushbu trek Chotqol tizmasining eng baland nuqtalaridan biri hisoblangan Qizilnura (3267 metr) maydoniga yaqin hududda o’tkaziladi. Yo’l davomida ko’plab vodiy va balandliklardan o’tib dengiz sathidan 2200 metr balandlikgacha ko’tarilasiz, bu nuqta Qizilnura cho’qqisi yonbag’irlari hisoblanadi. Hududdan turib Toshgaza, Uchtosh, Qizilnura, Katta Chimyon, Qoraungur va Oqko’l cho’qqilarini, shuningdek Oqsoqotasoy, Nurekotasoy, Qashqasuv va Oltinbel vodiylarini hayratlanarli ko’rinishda tomosha qilishingiz mumkin. Biroq bu manzilga borish ko’proq masofa yurishni talab qiladi, chunki bu hudud mashina bora oladigan joylardan ham kamida 10 kilometr uzoqlikda va biz yuqoriga ko'tarilishimiz kerak. Ammo tabiatning bu go'zalligini ko'rgandan keyin barcha charchoqlar unutilsa kerak va shunday bo'ladi ham.
• Yurish masofasi: umumiy 24 km.
• Ko’tarilish balandligi: 950 metr.
• Qiyinlik darajasi: yuqori.
• Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 20:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️