Bu Ohangaron tumani konchilar shaharchasi hisoblangan Yangiobod tomonlar. Biz Dukentsoy daryosi ustidagi ko'prikdan o'tib, o'ng qirg'oq tomondagi cho'qqiga chiqishni boshlaymiz. Ko'tarilish vaqtida archazorlar bo'ylab yuramiz, u yerdan Chotqol tizmasining janubiy qismlari, Ohangaron daryosi vodiysi, Angren shahri va vodiysining go'zal panoramasi ochiladi, shuningdek Qurama tizmasi ham (Tojikiston bilan chegara hududlar).
Sur'atlar muallifi: Arthur Ustababaev
• Yurish masofasi: umumiy 11 km.
• Ko’tarilish balandligi: 700 metr.
• Qiyinlik darajasi: o'rtacha.
• Marshrut turi: chiziqli (yurgan yo’lingizdan orqaga qaytmaysiz, umuman teskari bo’lgan boshqa hududdan chiqib borasiz).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 20:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️