Забронировать тур
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Главная/Bizning turlarimiz/390 000 so’mlik manzillar/Ugom sharsharalari (4 ta gigant sharsharalar)

photo_2024-03-15_07-04-38

Ugom tog’ tizmasida balandligi 80-100 metr atrofida bo’lgan 8 ga yaqin doimiy va mavsumiy sharsharalar mavjud. Ushbu sharsharalarning faqat 4 tasi o’zining ajoyib ko’rinishiga ega. Dengiz sathidan 1750 metr yuqorida joylashgan, balandligi 75 metr bo‘lgan Obipar sharsharasi avvaliga baland qoyadan ikkita alohida shox bo‘lib pastga oqadi va ikkisi birlashib tor daraga tushadi. Sharsharagacha 4 kilometrlik yo‘l va 900 metrlik ko‘tarilishning aksar qismi toshli so‘qmoqlar bo‘ylab o‘tadi. Yo‘l-yo‘lakay bir nechta g‘orchalarni ko‘rib ketish mumkin. Sharsharaga yetgandan so’ng afsuski, hech qaysi kamera tabiatning bu go‘zalligini inson ko‘zlaridek tasvirlab berolmaydi. U uzoqdan ko‘rinishi bilan insonni o‘ziga tortadi. Suv zarralarining ulkan qoyadan pastga tushishini tomosha qilish, uning ovozidan bahra olish insonga ajib zavq beradi.

 

 

Sur'atlar muallifi: Ziyadkhon Karaxodjaev, Marat Nadjibaev

Yurish masofasi: umumiy 12 km.

Ko’tarilish balandligi: 900 metr.

Qiyinlik darajasi: o'rtachadan yuqori.

Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).

Jo’nash nuqtasi: Oybek metro.

Jo'nash vaqti: 06:00.

Qaytish vaqti: 20:00 gacha.

 

Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️

⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!

💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, ruxsatnoma, xavfsizlik).

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist) ga murojaat qiling.

Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️

Aloqa ma'lumotlari
Manzil
O'zbekiston, Toshkent
So'rov qoldiring
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена