Rezervat 2018-yilda Ugom-Chotqol milliy-tabiat bog'i va Chotqol davlat biosfera qo'riqxonasi tarkibida tashkil qilingan. Hudud O'zbekiston temiryo'llari AJ nazorati ostida. Hududda qalin archazorlar, katta chashma, lolalar maydoni va bir qancha buloqlarni uchratishingiz mumkin. Ushbu manzildagi so'qmoqlar kishini qalin o'rmonlardan tortib 2500 metr balandlikdagi tog'lar tomon yetaklaydi. Hududga tashrif buyuruvchilarning kamligi tufayli bu joylar oʻzining asl goʻzalligini saqlab qolgan. Biz boradigan manzil rezervatning eng ajoyib hududlaridan biri hisoblanadi.
• Yurish masofasi: umumiy 10 km.
• Ko’tarilish balandligi: 300 metr.
• Qiyinlik darajasi: o'rtacha.
• Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 18:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️