Ushbu trekking Chotqol tizmasida joylashgan 2840 metr balandlikdagi Uchtosh cho'qqisi tomon amalga oshiriladi. Cho’qqiga boradigan yo’lning yarimi archazorlar bo’ylab o’tadi. Cho’qqidan pastda bahor bo’lsa yuqorida hali qorlar erimagan, yuqoridagi ayrim joylarda 5 metr qalinlikdagi qor uyumlarini ham uchratishingiz mumkin, bunday hodisaga esa qishda esadigan kuchli shamollar sabab bo’ladi. Bir vaqtning o’zida 2 ta faslni o’zida namoyon eta oladigan Uchtosh cho’qqisi Chotqoldagi eng ajoyib manzillardan biridir.
• Yurish masofasi: umumiy 24 km.
• Ko’tarilish balandligi: 1600 metr.
• Qiyinlik darajasi: yuqori.
• Marshrut turi: radial (asosan bitta yo’nalishdan borib qaytiladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 05:00.
• Qaytish vaqti: 22:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 490 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️