Ushbu sayohat Zarkent – So’qoq tog’larida joylashgan ajoyib cho'qqilar bo'ylab amalga oshiriladi. Trek davomida dengiz sathidan 2025 metr balandlikkacha chiqishni rejalashtirganmiz. Marshrutimiz qalin o’rmondan ajoyib so’qmoq bo'ylab boshlanadi. Biz u yerdan Oqtosh grabenining g‘arbiy yonbag’riga chiqib, so’ngra cho‘qqilarga ko’tarilishni boshlaymiz. Begiztosh cho’qqisi o'tkir qirrali qoyaga o'xshaydi va shu sababli uni “O’zbek Matterxorini” deb ham atash mumkin. Matterxorn bu Shveytsariyadagi dunyoda mashhur to’g’dir. Ushbu cho’qqilardan turib butun boshli Parkent tumanining go'zal panoramasi ochiladi, jumladan Fizika-Quyosh instituti, Kumushkon qishlog’i, Xovliya va Qizilnura cho’qqilarini ham ko’rishingiz mumkin.
Sur'atlar muallifi: Davronbek Tojialiyev
• Yurish masofasi: umumiy 8 km.
• Ko’tarilish balandligi: 750 metr.
• Qiyinlik darajasi: o’rtachadan yuqori.
• Marshrut turi: radial (asosan bitta yo’nalishdan borib qaytiladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 18:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️