Tog'larda bahorning boshlanishi unutilmas va juda ajoyibdir. Ayni damda ushbu vodiy tog' yonbag'rlarida joylashgan keng qir-adirlarda mevali daraxtlar uyg'ongan, shuningdek, yam-yashil o'tloqlar va bahor gullariga to'lgan maydonlar hosil bo'lgan. O't-o'lanlardan hosil bo'lgan yashil maydonning ko'rinishi va hali ham qori erimagan go'zal cho'qqilar bu sayohatni yanada zavqliroq qiladi. Ayni damda hududda bir qancha ajoyib jilg'alar va yashilikka burkangan maydonlar hosil bo'lgan. Siz ushbu hududda qadimgi okean osti qatlamlarining tog’ yuzasiga chiqib qolganini ham guvohi bo’lishingiz mumkin. Bu Tetis dengizi qoldiqlaridir.
• Yurish masofasi: umumiy 15 km.
• Ko’tarilish balandligi: 300 metr.
• Qiyinlik darajasi: o’rtacha.
• Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).
• Jo’nash nuqtasi: Toshkent shahri, Oybek metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 19:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️