Chotqol yonbag’irlarida o’tkaziladigan ushbu trekking asosan chiziqli marshrut yo’nalishiga ega, ya’ni siz yurgan yo’lingizdan orqaga qaytmaysiz, boshqa tomondan yurishni boshlab umuman teskari bo’lgan boshqa hududdan chiqib borasiz. Ushbu marshrut yurish davomida sayyohlarining bir xil manzara va yo’ldan zerikib qolmasligini uchun ishlab chiqilgan. Yo’l davomida siz baland tog’lar, katta vodiylar, aralash o’rmonlar va yashillikka burkangan bepoyon qir-adirlarni ko’rishingiz mumkin. Bu shunchaki oddiy yurish emas u 1 kunlik kichik ekspeditsiya.
Sur'atlar muallifi: Marat Nadjibaev
• Yurish masofasi: umumiy 11 km.
• Ko’tarilish balandligi: 400 metr.
• Qiyinlik darajasi: o'rtacha.
• Marshrut turi: chiziqli (yurgan yo’lingizdan orqaga qaytmaysiz, umuman teskari bo’lgan boshqa hududdan chiqib borasiz).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 18:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️