Забронировать тур
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Главная/Bizning turlarimiz/490 000 so’mlik manzillar/Qashqasuv sharsharasi (Raqsga tushuvchi sharshara)

221

Qashqasuv sharsharasiga sayohat qilish asosan soy bo’ylab toshli yo’llardan amalga oshiriladi. Shaharda +35-40°C issiq sharshara ichkarisida esa +5-10°C, 50 metr yuqoridan shiddat bilan tushayotgan suv esa insonga ajoyib salqinlik ulashadi. Bunda esa kompyuterdan majburan bosh ko‘tarolmaslik, g‘ovlab ketgan bosh va ish stresslari bir zumda suvga oqadi. U yerda sharshara bamisoli raqsga tushadi. Chotqol tizmasi bag‘rida, Qizilnura tog‘laridagi qorlardan to‘yingan Qashqasuv sharsharasi sizni shunday qarshi oladi. Lekin ungacha yetib borishning shiringina tashvishlari ham bor. Sharsharasiga yetguncha soyni 15 martacha kechib o‘tishingizga to‘g’ri keladi, ammo issiq kunlarda bu juda maroqli.

Yurish masofasi: umumiy 11 km.

Ko’tarilish balandligi: 490 metr.

Qiyinlik darajasi: o’rtachadan yuqori.

Marshrut turi: radial (asosan bitta yo’nalishdan borib qaytiladi).

Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.

Jo'nash vaqti: 06:00.

Qaytish vaqti: 20:00 gacha.

Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️ 

⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!

💰 Tur narxi: 490 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.

Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️

Aloqa ma'lumotlari
Manzil
O'zbekiston, Toshkent
So'rov qoldiring
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена