Забронировать тур
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Главная/Bizning turlarimiz/390 000 so’mlik manzillar/Paltau va Chuquroqsuv sharsharalari. Quyi Chotqol

photo_2024-03-14_14-42-36

Ushbu trek tarixiy va tabiiy manzillar tomon bo‘ldi. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Chotqol tog‘lari vodiysida bir-biridan go‘zal sharsharalar va daryo vodiylari mavjud. Paltov (Paltau) sharsharasi ham tabiiy go‘zalligi bilan o‘ziga tortadi. Sharshara yo‘lida esa qadimiy Obirahmat g‘ori mavjud bo‘lib, bu yerda O‘zbekistondagi eng qadimiy inson suyaklari topilgan. Bu joylar O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegaralariga yaqin bo‘lgani uchun pasportlar registratsiya qilinadi. Sharshara ajoyib bir joydan tushadi, ikki tarafi 50 metrli tik kanyon, kanyon o‘rtasidan esa yorib Paltov sharsharasi tushadi. Sharsharaning balandligi 35-40 metrni tashkil etadi. U yerda bemalol cho‘milsa bo‘ladi. Biroq 40 metr tepadan tushadigan suv qattiq savalaydi. Shunday bo‘lsa-da, u juda maroqli.

Yurish masofasi: umumiy 18 km.

Ko’tarilish balandligi: 300 metr.

Qiyinlik darajasi: o'rtacha.

Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).

Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.

Jo'nash vaqti: 07:00.

Qaytish vaqti: 18:00 gacha.

 

Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️ 

⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!

💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.

Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️

Aloqa ma'lumotlari
Manzil
O'zbekiston, Toshkent
So'rov qoldiring
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена