Забронировать тур
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена

121

Ushbu trekda Piskom tizmasining dengiz sathidan 2552 metr balandlikdagi Oynatosh cho'qqisiga chiqish rejalashtirilgan. Biz Oynatosh yonbag’ridagi tog‘ tizmasiga yetib borganimizda Piskom va Ugom tizmalarining hayratlanarli manzaralarini ko‘ramiz. Eng yuqori qismda esa barcha turdagi qadimgi dengiz qoldiqlarini ko'ramiz. 1800 metr balandlikda deyarli har bir toshdagi ajoyib chizmalar e’tiborni tortadi. Toshlarda qadimgi dengiz jonivorlarining qoldiqlari aks etgan. Olimlarning ta’kidlashicha, bu joylar million yillar avval Tetis okeani ostida bo‘lgan. Okean chekinib, tog‘lar yuzaga kelgan. Tog‘da vulqon otilib, qadimgi jonzotlar qoldiqlari lavaga yopishib, qotgan. So’qmoq yo’limizning ayrim qismlari yong‘oqzor, olmazor va bog‘lar oralab o‘tadi.

Yurish masofasi: umumiy 17 km.

Ko’tarilish balandligi: 1600 metr.

Qiyinlik darajasi: yuqori.

Marshrut turi: radial (asosan bitta yo’nalishdan borib qaytiladi).

Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.

Jo'nash vaqti: 06:00.

Qaytish vaqti: 20:00 gacha.

Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️ 

⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!

💰 Tur narxi: 490 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.

Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️

 

Aloqa ma'lumotlari
Manzil
O'zbekiston, Toshkent
So'rov qoldiring
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена