Забронировать тур
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Главная/Bizning turlarimiz/390 000 so’mlik manzillar/O'rikbel tizmasi. Panoramalarga boy tog' polimarafoni

photo_2024-03-09_07-38-51

O’rikbel tizmasida joylashgan qalin archa o'rmonlari ertaklardagi o’rmonlarni eslatib yuborishi aniq. Biz ushbu trek davomida asosan tog’ tizmasining eng yuqori qismidan, yani suvayirg’ichdan yuramiz, bu yo’l davomida siz hayratlanarli darajadagi panoramalarni ko’rishingiz mumkin. Yo’l davomida siz baland tog’lar, ulkan vodiylar, tog’ o’rmonlari va yer osti qazilma boyliklarini qazib oladigan maydonlarni ko’rishingiz mumkin. Va shuningdek siz hududdagi turfa xil tabiat landshaftlarining vaqt o’tishi va antropogen tasirlar bilan qanchalik darajada o’zgarganini ham guvohi bo’lasiz.

 

 

 

 

Sur'atlar muallifi: Arthur Ustababaev

Yurish masofasi: umumiy 11 km.

Ko’tarilish balandligi: 200 metr.

Qiyinlik darajasi: o'rtacha.

Marshrut turi: chiziqli (yurgan yo’lingizdan orqaga qaytmaysiz, umuman teskari bo’lgan boshqa hududdan chiqib borasiz).

Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.

Jo'nash vaqti: 07:00.

Qaytish vaqti: 20:00 gacha.

 

Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️ 

⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!

💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.

Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️

Aloqa ma'lumotlari
Manzil
O'zbekiston, Toshkent
So'rov qoldiring
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена