O’zbekiston va Qozog’iston chegarasida joylashgan Qorjontov tizmasi ayni bahor va kuz faslida sayohat uchun qulay manzil hisoblanadi. Tog’ning shimoliy yonbag’rida joylashgan bepoyon o’rmonlar yashil ranga burkanmoqda, o’rmonda yong’oqzorlardan tortib tog’ olmalarigacha, bundan tashqari olmaxonlarni ham uchratishingiz mumkin. Shuningdek, Qorjontov tizmasidan turib Toshkent viloyatining katta panoramali ko’rinishini tomosha qilish imkoniga ega bo’lasiz. O’rmon bo’ylab sirli so’qmoqlar orqali sayr qilish uchun ushbu manzil eng ideal hududdir.
Sur'atlar muallifi: Arthur Ustababaev
• Yurish masofasi: umumiy 12 km.
• Ko’tarilish balandligi: 520 metr.
• Qiyinlik darajasi: o’rtacha.
• Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 18:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️