Ushbu trek Chotqol tizmasida joylashgan baland cho'qqi tomon amalga oshiriladi. Trek davomida dengiz sathidan 2510 metr balandlikkacha chiqishni rejalashtirganmiz. Marshrutimiz qalin o’rmondan ajoyib so’qmoq bo'ylab boshlanadi. Biz u yerdan Oqtosh grabenining g‘arbiy yonbag’riga chiqib, so’ngra cho‘qqi tomon ko’tarilishni boshlaymiz. Ushbu cho’qqidan turib Toshkent viloyatining go'zal panoramasi ochiladi, jumladan agar havo musaffo bo’lsa siz Toshkent va Chirchiq shaharlarini, shuningdek Chotqol davlat biosfera qo’riqxonasi, Xovliya va Qizilnura cho’qqilarini ham ko’rishingiz mumkin.
• Yurish masofasi: umumiy 12 km.
• Ko’tarilish balandligi: 1300 metr.
• Qiyinlik darajasi: yuqori.
• Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 06:00.
• Qaytish vaqti: 20:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 490 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️