Ushbu manzil bahor faslida sayohat qilish uchun eng ideal hududlardan biridir. Chotqol tizmasi tog' yonbag'irlarida bahor oylarida juda ko'plab mavsumiy ko'llar paydo bo'ladi va bu ko'llar yoz kelishi bilan quriydi. Mavsumiy ko'llarning paydo bo'lishiga asosiy sabab tog'larning shimoliy yonbag'ridagi qorlardir, havo isigan vaqti qorlar erib hududda ko'plab suv resursi hosil bo'ladi va buning natijasida ko’llar paydo bo’ladi va biz ushbu ko’llar tomon sayohat qilamiz. Oqsoqotasoy vodiysidan sharqqa tomon esa baland qoyalardan iborat tik jarliklar hosil bo'lgan, ushbu jarliklarning nomi Oqsoqota kanyoni deb ataladi. Ayni bahor faslida ushbu hududda turfa xil ochilayotgan bahor gullari, bir qancha mavsumiy ko'lllar va Oqsoqotasoyning ajoyib kanyoni guvohi bo'lishingiz mumkin.
• Yurish masofasi: umumiy 12 km.
• Ko’tarilish balandligi: 500 metr.
• Qiyinlik darajasi: o’rtacha.
• Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).
• Jo’nash nuqtasi: Toshkent shahri, Oybek metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 19:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️