Забронировать тур
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Главная/Bizning turlarimiz/390 000 so’mlik manzillar/Oqburk vodiysi. Sirli Chotqol vodiylari

photo_2024-03-14_07-05-49

O'zbekistonda sayyohlarga ma'lum bo'lmagan juda ko'plab hududlar mavjud. Biz ularni izlab topib sayohat ishqibozlariga ko'rsatishga harakat qilamiz. Shunday ajoyib manzillardan biri bu Oqburk vodiysidir. Ushbu manzilda siz archadan iborat qalin o'rmonlardan tortib o't-o'lanlarga to'lgan bepoyon qir-adirlargacha duch kelasiz. Agar sayohat kuni havoning toza va tiniq bo'lishiga duch kelsak, natijada biz hududdan turib Toshkent shahrini ham bemalol tomosha qilishimiz mumkin. Ayni kunlarda bahor faslida ochiladigan gullar maydoni kundan-kunga katta maydonlarni egallamoqda. Bu holat ushbu hududda uzog'i 2 oygacha saqlanib qoladi. Shunday ekan ushbu manzilga sayohatning ayni vaqti. 

Yurish masofasi: umumiy 10 km.

Ko’tarilish balandligi: 200 metr.

Qiyinlik darajasi: oson (barcha uchun mos).

Marshrut turi: chiziqli (yurgan yo’lingizdan orqaga qaytmaysiz, umuman teskari bo’lgan boshqa hududdan chiqib borasiz).

Jo’nash nuqtasi: Oybek metro.

Jo'nash vaqti: 07:00.

Qaytish vaqti: 18:00 gacha.

 

Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️ 

⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!

💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.

Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️

Aloqa ma'lumotlari
Manzil
O'zbekiston, Toshkent
So'rov qoldiring
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена