Ugom tog' tizmasining takrorlanmas vodiylaridan bir bu Navolisoydir. Ushbu hududda bo'lgan kishi qalin o'rmonlar, baland qoyalar, chegara mintaqasi, yovvoyi tabiat va xullas barcha-barchasiga duch keladi. Butun vodiy bo'ylab yurishda sizni suvlar ovozi qamrab oladi. Tog'ga chiqishda o'ziga suv resurslari ko'p bo'lgan va kechuvlari bor manzil izlayotganlar uchun ushbu hudud ayni muddao. Agar siz jazirama kunlarda sharsharaga tashrif buyirsangiz sharshara oldida sovuqotishiz ham mumkin. Ushbu turning boshqa turlardan ahamyatli jihati shundaki siz sharsharadan ham ko’ra yo’l-yo’lakay ko’rinadigan tabiatni sharsharadan muhimroq deb bilasiz, chunki butun yo’l bo’yi tabiat ajoyib.
• Yurish masofasi: umumiy 18 km.
• Ko’tarilish balandligi: 630 metr.
• Qiyinlik darajasi: o'rtachadan yuqori.
• Marshrut turi: radial (asosan bitta yo’nalishdan borib qaytiladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 20:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, ruxsatnoma, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist) ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️