Chotqol tog’ tizmasida o’tkaziladigan ushbu trekking asosan chiziqli marshrut yo’nalishiga ega, ya’ni siz yurgan yo’lingizdan orqaga qaytmaysiz, boshqa tomondan yurishni boshlab umuman teskari bo’lgan boshqa hududdan chiqib borasiz, yurish Chimyon yaqinidan boshlanadi va bu Xo’jakent yaqinida tugaydi. Ushbu marshrut yurish davomida sayyohlarining bir xil manzara va yo’ldan zerikib qolmasligini ta’minlaydi. Yo’l davomida siz baland tog’lar, katta vodiylar, aralash tog’ o’rmonlari va qadimgi okean osti qatlamlarini ham ko’rishingiz mumkin. Bu shunchaki oddiy sayohat emas u 1 kunlik katta ekspeditsiya.
Sur'atlar muallifi: Arthur Ustababaev
• Yurish masofasi: umumiy 17 km.
• Ko’tarilish balandligi: 250 metr.
• Qiyinlik darajasi: o'rtacha.
• Marshrut turi: chiziqli (yurgan yo’lingizdan orqaga qaytmaysiz, umuman teskari bo’lgan boshqa hududdan chiqib borasiz).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 20:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️