Забронировать тур
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Главная/Bizning turlarimiz/390 000 so’mlik manzillar/Ko'kbet va Mayg'ashqon cho'qqilari (2310 metr)

photo_2024-03-14_11-46-42

Ushbu dam olish kuni bizni G'arbiy Tyan-Shan yonbag'irlari, Qumbel tizmasi bo'ylab 2310 metr va 1945 metr balandlikdagi cho’qqilar tomon qiziqarli sayohat kutmoqda. Bizning ko'tarilishimiz Oqsoqota daryosi ustidagi ko’prikdan va kanyon devorini tashkil etgan qadimgi balandliklardan boshlanadi. Yo'lda biz Oqsoqota daryosi vodiysining hayratlanarli panoramalarini, Surenota cho'qqisini (2042 metr) va Qorjontov tizmasining uzoqdan ko'rinishini tomosha qilamiz. Ko‘kbet tog‘i yaqiniga chiqqanimizdan so‘ng, Qizilnura cho’qqisining (3267 m) ajoyib manzaralari bilan tushlik qilamiz, so‘ngra Ko'kbet va Mayg’ashqon cho’qqilari tomon chiqishni davom ettiramiz.

 

 

 

Sur'atlar muallifi: Marat Nadjibaev

Yurish masofasi: umumiy 14 km.

Ko’tarilish balandligi: 1300 metr.

Qiyinlik darajasi: yuqori.

Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).

Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.

Jo'nash vaqti: 07:00.

Qaytish vaqti: 20:00 gacha.

 

Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️ 

⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!

💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.

Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️

Aloqa ma'lumotlari
Manzil
O'zbekiston, Toshkent
So'rov qoldiring
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена