Sayohatchilar orasida mashhur va yil davomida juda ko’p sayyoh tashrif buyiradigan Kichik Chimyon cho’qqisi va sharsharalari bilan mashhur Gulkam daralari bizning keyingi sayohat manzilimizdir. 2099 metr balandlikdagi cho'qqidan turib Chorvoq suv ombori, Katta Chimyon va Obiqashqa cho’qqilari, shuningdek Ko’ksuv, Piskom va Ugom tog’ tizmalarining hayratlanarli manzarasini ko’rishingiz mumkin. Biz ushbu trekda Kichik Chimyon cho‘qqisidan so’ng Pesochniy dovonidan qayinzor orqali Gulkam daralariga tushishni rejalashtirganmiz. Yo’l davomida arqon orqali Gulkam sharsharalariga tushamiz. Xohlaganlar toza va salqin suvlarda suzishlari mumkin.
Sur'atlar muallifi: Roman Valiev, Marat Nadjibaev, Yana Nurmukhamedova
• Yurish masofasi: umumiy 12 km.
• Ko’tarilish balandligi: 500 metr.
• Qiyinlik darajasi: o'rtacha.
• Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).
• Jo’nash nuqtasi: Toshkent shahri, Oybek metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 19:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️