Забронировать тур
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена

111
2508 metr balandlikdagi Kapirtosh cho’qqisiga ko'tarilish uchun marshrut qiyin emas, lekin uzoq (25 km), yaxshi jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Ijtimoiy tarmoqda Kapirtoshning rasmlari kam. Borlari ham yaxshi taassurot bermaydi. Ommaviy marshrut emas, kamchilik sayohatchilar boradigan joy. Chunki masofa uzoq, bosib o‘tiladigan balandlik ancha yuqori. Safarning avvalidanoq yuqoriga ko‘tarilish boshlanadi. 1555 metr balandlikdagi Terskay dovonigacha 3,5 kilometr bosiladi, yo‘lning bir qismi o‘rmon ichidan o‘tadi. Dovonda biroz dam olgach yo‘lni davom ettiramiz. So’ng dovondan biroz pastga tushamiz. Pastda sharsharalarga boy Qulasa (Kulosya) daryosi va darasi ko‘rinib turadi. Yo‘lning bu qismi ancha tekis bo‘lgani uchun maza qilib yursa bo‘ladi. U yerdan biz ko‘zlagan cho‘qqi ham ko‘rinib turadi. Cho‘qqidagi panoramani til bilan ta’riflash mushkul. Atrofdagi Chotqol, Piskom, Ugom, Qorjontov tizmalarining baland cho‘qqilari Buyuk Rassom tomonidan go‘zal tarzda chizib qo‘yilganga o’xshaydi, bularning barchasi shunchaki ajoyib.

Yurish masofasi: umumiy 25 km.

Ko’tarilish balandligi: 1700 metr.

Qiyinlik darajasi: yuqori.

Marshrut turi: radial (asosan bitta yo’nalishdan borib qaytiladi).

Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.

Jo'nash vaqti: 06:00.

Qaytish vaqti: 22:00 gacha.

Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️ 

⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!

💰 Tur narxi: 490 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.

Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️

Aloqa ma'lumotlari
Manzil
O'zbekiston, Toshkent
So'rov qoldiring
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена