Ushbu trekking Chotqol davlat biosfera qo'riqxonasining chegara zonasida joylashgan yopiq hududlardan biriga amalga oshiriladi. Hududning o'rmonli zonalariga balandlikka ko’tarilgan so'qmoqlar orqali borish mumkin, u yerda siz toza havodan bahramand bo'lishingiz va YUNESKO tasarrufidagi qo’riqxonaning bepoyon vodiylarini ko’rishingiz mumkin. Yuqori balandlikdan Kaliforniya o'rmonlarini eslatib yuboruvchi manzaralar, deyarli hech kim tashrif buyurmaydigan va inson omilidan uzoqda joylashgan bu hududlar o'zining asl qiyofasini saqlab qolgan, hududda hattoki chorva mollarini boqish ham taqiqlangan. Hududning flora va faunasi yaxshi saqlanib qolgan. Bu faol treklarni va balandlikka ko'tarilishlarni sevuvchilar uchun ajoyib manzil.
• Yurish masofasi: umumiy 10 km.
• Ko’tarilish balandligi: 600 metr.
• Qiyinlik darajasi: o'rtacha.
• Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 18:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️