Buloqsuv - birinchi navbatda u har biri keyingisidan go'zalroq bo'lgan ajoyib ostona va sharsharalari bilan mashhur vodiy. Sharsharalar Buloqsuv soyining tor darasida joylashgan bo'lib, ular asosan yer osti suvlari bilan to’yinadi. Bu yerda siz quyuq moxlar bilan qoplangan ulkan yashil qoyalarni ham ko’rishingiz va tog’ o’rmonlari bo’ylab yuqori salqinlikda sayr qilishingiz mumkin.
Sur'atlar muallifi: Davronbek Tojialiyev
• Yurish masofasi: umumiy 10 km.
• Ko’tarilish balandligi: 730 metr.
• Qiyinlik darajasi: o'rtacha.
• Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 18:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️