Biz sizga G'arbiy Tyan-Shan, Chotqol tizmasi (Chotqol davlat biosfera qo'riqxonasi chegarasi) bo'ylab o'z sayohatimizni taklif qilamiz. Sayohatimiz Boshqizilsoy daryosidan tog’ cho'qqisiga chiqadigan so’qmoq bo'ylab boshlanadi, bu Qumsaraksoy vodiysidir, bu joy Qizilnura cho'qqisi (3267 metr) va Oltinbel tog'larining go'zal manzaralarini taqdim etadi.
Sur'atlar muallifi: Arthur Ustababaev
• Yurish masofasi: umumiy 16 km.
• Ko’tarilish balandligi: 720 metr.
• Qiyinlik darajasi: o’rtacha.
• Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 18:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️