Tyan-Shan tog' massivining eng ajoyib va takrorlanmas hududlaridan bir bu Andorsoydir. Hududga tashrif buyuruvchilarning kamligi tufayli bu joylar oʻzining asl goʻzalligini saqlab qolgan. Faol treklarni va balandlikka ko'tarilishlarni sevuvchilar uchun ekspeditsiya mavsumi boshlangan. Avstriya o'rmonlarini eslatib yuboruvchi deyarli hech kim tashrif buyurmaydigan va inson omilidan uzoqda joylashgan bu hududlar o'zining asl qiyofasini saqlab qolgan. Siz u yerda Bo'stonliq tumanidagi kabi chiqindilarga duch kelmaysiz. Hududning flora va faunasi yaxshi saqlangan. Ha aytgancha yozgi kiyimlaringizni olish ham esingizdan chiqmasin suv bo’yida dam olish vaqtida xohishga ko’ra suzamiz. Yo’l davomida siz baland tog’lar, ulkan vodiylar, faqat archalardan iborat tog’ o’rmonlari va takrorlanmas panoramalarni ko’rishingiz mumkin.
• Yurish masofasi: umumiy 12 km.
• Ko’tarilish balandligi: 360 metr.
• Qiyinlik darajasi: o'rtacha.
• Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).
• Jo’nash nuqtasi: Buyuk Ipak yo’li metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 20:00 gacha.
Agar siz uzoq masofa yurib yoriqqacha borishni istamasangiz, yo'l bo'ylab ko'plab o’rmonlar va suvli hududlar mavjud, siz u yerda qolib guruhni kutishingiz mumkin! Yoki kamroq yurib oson trek qilish uchun ikkinchi guruhimizga qo'shiling‼️
⚠️ O'zingiz bilan asl pasportingizni olishingiz shart!
💰 Tur narxi: 390 000 so‘m (Transport, gid, hududga kirish to’lovi, xavfsizlik).
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun +998 95 677-08-80 (@geoeconomist)ga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️